BUYUK IPAK YO‘LIDA DIPLOMATIK MUNOSABATLAR (Samarqand Sug‘di misolida)
Referat
Ushbu maqolada Xitoy, Markaziy Osiyo, Hindiston, Yaqin Sharq va Yevropa o‘rtasida ilk o‘rta asrlarda
savdo aloqalarini shakllantirish va qo‘llab-quvvatlashda diplomatiyaning roli haqida o‘ziga xos nuqtai nazar
keltirilgan. Shuningdek, maqolada qadimgi imperiyalar qo‘llagan diplomatik vositalar, davlatlar o‘rtasida
qanday ittifoq va bitimlar tuzilgani, mintaqadagi ziddiyatlarni bartaraf etish va keskinlikni yumshatish
uchun diplomatiyaning qanday usullaridan foydalanilgani ham ko‘rib chiqilgan. Bundan tashqari, madaniy
almashinuv va diplomatik aloqalarning ilm-fan, san’at va diniy e’tiqodlar rivojiga ta’siriga e’tibor qaratilgan.
Ularning tahlili natijasida diplomatiya Ipak yo‘lida barqarorlik va farovonlikning muhim omili bo‘lib xizmat
qilganini tushunish imkonini beradi. Maqolada mashhur savdo yo‘li bo‘ylab savdo va madaniy almashinuv
kontekstida diplomatiyaning roli yoritilgan bo‘lib, karvon yo‘llari xavfsizligini ta’minlash, savdo nizolarini
hal etish, turli xalqlar va sivilizasiyalar o‘rtasidagi madaniy almashinuvni rag‘batlantirish uchun qadimgi
imperiya va davlatlar diplomatik mexanizmlardan qanday foydalanganliklari tahlil qilingan bo‘lib shuningdek,
Xitoydan Yevropagacha cho‘zilgan bu uzoq yo‘lda tinchlik va barqarorlikni saqlash uchun qadim zamonlarda
qo‘llanilgan turli diplomatik strategiyalar va vositalar tasvirlangan. Maqolada mintaqadagi mojarolarni hal
qilish va harbiy to‘qnashuvlarning oldini olish uchun diplomatiyadan muvaffaqiyatli foydalanishning tarixiy
misollari ham keltirilgan. Bu Buyuk Ipak yo‘lida barqarorlik va farovonlikni ta’minlashda diplomatik mahorat
muhimligini tushunishga yordam beradi. Bundan tashqari, maqolada madaniy va ilm-fan yutuqlarini tarqatishda,
shuningdek, Ipak yo‘li bo‘ylab boshqa madaniyatlar va xalqlar haqida jamoatchilik fikri va tasavvurlarini
shakllantirishda diplomatik almashinuvlarning o‘rni ko‘rsatilgan.
Mualliflar haqida
Adabiyotlar ro'yxati
Альбаум Л. И. Буддийский храм в монастырском комплексе Фаязтепе // Тезисы докладов сессии, посвященной
итогам полевых исследований 1972 г. Ташкент.1973.C.42–53.
Альбаум Л. И. Живопись Афрасиаба. Отв. ред. д-р ист. наук Я. Г. Гулямов. Ташкент, Фан, 1975.160 с.
Бердимуродов А., Индиаминова Ш. Буюк ипак йўли: (Қитъалар ва асрлар оша). Мас.муҳаррир: тарих фанлари
доктори, профессор Т. Ш. Ширинов. Тошкент. Ўзбекистон. 2017. 384 бет.
Бичурин Н. Я. (Иакинф). Собрание сведений о народах, обитавших в Средней Азии в древние времена. Том II.
М.-Л., Изд-во АН СССР. 1950. 334 с.
Зуев Ю. А. Китайские известия о Суябе // Известия АН Каз.ССР. Серия истории, археология и этнография.
Вып. 3 (14). Алма-Ата, 1960. C. 87–96.
Кляшторный С. Г., Султанов Т. И. Государства и народы Евразийских степей. Древность и средневековье.
С-Пб., Изд. Петербургское Востоковедение. 2007. 320 с.
Лунин Б. В. История Узбекистана в источниках. Отв. ред. Доктор исторических наук Х. З. Зияев. Ташкент,
Фан.1984. 224 с.
Малявкин А. Г. Танские хроники о государствах Центральной Азии. Тексты и исследования // Отв. ред. доктор
исторических наук Ю.М. Бутин. Новосибирск, Наука.1989. 432 с.
Саидов А. Х., Ртвеладзе Э. В. Дипломатические отношения // История государственности Узбекистана. Том I.
Ташкент, 2009. 445 с.
Lerner A., Sim-Williams N. Seals, Sealings and tokens from Bactria to Gandhara. Vol. 2. Austrian Academy of
Sciences. 2011. 222 р.
