SAMARQANDDAN TOPILGAN YANGI BUXORXUDOT TIPIDAGI DIRHAM XAZINALARI

TO'LIQ MATN:

Referat

Ushbu maqolada Markaziy Osiyo numizmatikasining eng murakkab va haligacha toʻliq yechim topmagan
muammolaridan biri – “buxorxudot” tipidagi tangalarni oʻrganish masalasi muhokama qilinadi. Muallif
buxarxudot dirhamlarining xususiyatini talqin qilishdagi asosiy yoʻnalishlarni tavsiflab, mazkur turdagi tangalar
haqida qoʻlyozma manbalarda keltirilgan maʼlumotlarga aniqlik kiritish boʻyicha turli urinishlarni qayd etadi.
Ammo shunga qaramay, manbashunoslik tahlili metodlari ushbu muammoni toʻliq ochishga imkon bermasligi
taʼkidlanadi. Hozirgi sharoitda eng samarali ilmiy yoʻl – yangi xazinalar haqidagi maʼlumotlarni ilmiy
asosda qayd etish, ularning metrologik xususiyatlarini oʻrganish, muhr tahlili va metallning tabiiy-ilmiy tahlil
usullarini qoʻllashdan iboratdir. Biroq amaliyot shuni koʻrsatmoqdaki, RFA (rentgen-fluoressent analiz) metodi
numizmatikada ishonchli va mutanosib natijalarni har doim ham bera olmaydi. Shuning uchun manbashunoslik
bazasini kengaytirish buxorxudot tangalarini tadqiq etishda hozirgi paytda eng maqbul yoʻl hisoblanadi. B. D.
Kochnevning ilmiy ishlaridan soʻng Afrosiyob yodgorligidan yana toʻrtta xazina topilishi natijasida buxorxudot
dirhamlarining markaziy Movarounnahrdagi xazina komplekslari roʻyxati toʻldirildi.

Mualliflar haqida

Adabiyotlar ro'yxati

Атаходжаев А. Х., Кочнев Б. Д. Монетные находки на городище Афрасиаб – новые данные к истории монет

ного обращения в Центральном Мавераннахре (античный период, раннее средневековье, средневековый

период) // История материальной культуры Узбекистана. Вып. 34. Самарканд, 2004. С. 137–150.

Давидович Е. А. Денежное обращение в Мавераннахре при Саманидах // Нумизматика и эпиграфика. Т. VI. М.,

С. 103–134.

Ерназарова Т. С. Новые монеты Афрасиаба и его окрестностей // История материальной культуры Узбекиста

на. Вып. 15. Ташкент, 1979. С. 105–119.

Кочнев Б. Д. Клад монет бухархудатского типа из Мианкаля // Нумизматика Узбекистана. Ташкент, 1990. С.

–78.

Кочнев Б. Д. Свод надписей на караханидских монетах: антропонимы и титулатура (часть 2) // Восточное исто

рическое источниковедение и специальные исторические дисциплины. № 993. М., 1997. 258 с.

Массон М. Е. К вопросу о черных дирхемах мусейяби // Труды Института истории и археологии АН УзССР.

Вып. 7. Ташкент, 1955. С. 175–196.

Шишкина Г. В. Городской квартал VII–XI вв. на северо-западе Афрасиаба // Сб. Афрасиаб. Вып. II. Ташкент,

С. 117–156.

Bosworth C. E. The new Islamic Dynasties. Edingburgh, 1996. 320 р.

Treadwell W. L. The monetary history of the Bukharkhuda dirham (“black dirham”) in Samanid Transoxania (204

/819–1005)’, Coinage and history in the Seventh Century Near East, Supplement to the Oriental Numismatic

Society Journal, no. 193, Autumn 2007. Рр. 25–40.

Walker J. A Catalogue of the Arab. Sasanian Coins. London, 1941. 244 p.

Qanday qilib iqtibos keltirish mumkin

Ataxodjayev, A. (2026). SAMARQANDDAN TOPILGAN YANGI BUXORXUDOT TIPIDAGI DIRHAM XAZINALARI. Oʻzbekiston Arxeologiyasi, 1(32), 97–114. https://doi.org/10.71414/2181-032X-2025-1-32-97-114
Ko'rishlar soni: 0