QORAXONIYLARNING GʻARBIY TURKISTON OʻTROQ VOHALARIDAGI BOSHQARUV STRATEGIYALARI
Referat
Mazkur maqolada Qoraxoniylar imperiyasining Fargʻona vodiysidagi (X–XII asrlar) siyosiy-iqtisodiy
strategiyasi va boshqaruv markazlarining shakllanishi arxeologik, numizmatik hamda yozma manbalar asosida
chuqur tahlil etiladi. Tadqiqotning markaziy nuqtasi — Qoraxoniylar tomonidan tashkil etilgan zarbxonalar
joylashgan shaharlarning (Axsikent shahri, Koson, Margʻilon, Vanket, Chunket va boshqa shaharlarning)
geografik oʻrni, ular tanlanishida rol oʻynagan omillar va, albatta, funksional vazifalarini aniqlashdir. Ushbu
tahlilda zamonaviy Geografik Axborot Tizimi (GAT) texnologiyalari asosida topografik, azimut, qiyalik va
vizual nazorat imkoniyatlari koʻrib chiqiladi. Ayniqsa, Toshbuloq va Tugʻunbuloq kabi togʻli hududlardagi
qadimiy shaharlarda olib borilgan arxeologik tadqiqotlar orqali Qoraxoniylarning yuqori togʻ etaklarida
ham rejalashtirilgan, mustahkam va koʻp funksiyali urbanistik markazlar barpo etganligi aniqlangan. Ushbu
shaharlar ustaxonalar va hunarmandchilik markazlari, qabristonlar, maʼmuriy inshootlari, qishloq xoʻjaligiga
oid izlar hamda savdo-sotiq aloqalarining faol boʻlganini koʻrsatuvchi topilmalar bilan alohida ajralib turadi.
Tadqiqot natijalari Qoraxoniylar imperiyasining vohalar va togʻli hududlar oʻrtasida uygʻunlashtirilgan siyosiy
iqtisodiy boshqaruv modelini yoritadi va mintaqaviy strategik yondashuvni tahlil qiladi hamda ilmiy asosda
ochib beradi.
Mualliflar haqida
Adabiyotlar ro'yxati
Бартольд В. В. Туркестан в эпоху монгольского нашествия / Сочинения. Том 1. М.: Восточной литературы,
С. 222.
Горбунова Н. Г. Итоги исследования археологических памятников Ферганской области (к истории культуры
Ферганы) // Советская археология. М.: Наука, 1979. Выпуск 3. С. 33.
Кочнев Б. Д. Ванкат – новый Ферганский монетный двор // Ўзбекистонда археологик тадқиқотлар. 2-жилд.
Тошкент: Абдулла Қодирий халқ мероси нашриёти, 2001. С. 94.
Кочнев Б. Д. Нумизматическая история Караханидского каганата (991–1209). Часть 1. Источниковедческое
исследование. Москва: София, 2006. 149 с.
Berry P. A. M., Garlick J. D., Smith R. G. Near-global validation of the SRTM DEM using satellite radar altimetry //
Remote Sensing of Environment. 2007. 106. Pp. 17–27 ArcGIS for Desktop, Spatial Analysis (ESRI) // URL:
www.esri.com/software/arcgis/arcgis-for-desktop/future.html), маълумот олинган сана – 12 март, 2025 йил.
Global Land Cover Facility, Earth Science Data İnterface (GLCF) // URL: ww.glcfapp.glcf.umd.edu:8080/esdi: маъ
лумот олинган сана – 12 март, 2025 йил;
Shuttle Radar Topography Mission (SRTM) – “Finished”. United States Geological Survey (USGS) // URL: www.
eros.usgs.gov/#/Find_Data/Products_and_Data_Available/SRTM: маълумот олинган сана – 12 март, 2025 йил.
JPL (2008). SRTM (Shuttle Radar Topography Mission). Jet Propulsion Laboratory, California Institute of Technology,
USA // URL: http://www2.jpl.nasa.gov/srtm): маълумот олинган сана – 12 март, 2025 йил.
The Premier Online Resource for GIS and Geospatial Data, GİS Data Depot (GeoCommunity) // URL: www.data.
geocomm.com: маълумот олинган сана – 12 март, 2025 йил.
