QADIMGI POP YODGORLIGI TOPILMALARI MISOLIDA FARGʻONA VODIYSINING AYRIM TURDAGI SOPOL IDISHLARI

TO'LIQ MATN:

Referat

Maqolada Fargʻona vodiysining Pop tumanida aniqlangan ayrim sopol idishlarning ilmiy oʻrganilishi va ularning
tarixiy-madaniy ahamiyati haqida batafsil maʼlumot beriladi. Asosan sopol idishlarning turi, ularning ishlab
chiqarilish texnikasi, davrlashtirilishi va boshqa hududlar bilan oʻzaro aloqalari oʻrganilgan. Arxeologiyada
sopol idishlar koʻp hollarda madaniy qatlamlarning aniqlanishi va davrlashtirilishi uchun asosiy manbalardan
biri hisoblanadi. Fargʻona vodiysining oʻrta asrlar davri sopol idishlarni oʻrganishda A. N. Bernshtam, N. G.
Gorbunova, G. A. Brikina, A. A. Anarbayev, B. X. Matboboyev kabi olimlarning tadqiqotlarini alohida qayd etish
lozim. Lekin ilk oʻrta asrlar kulolchilik mahsulotlari bilan bogʻliq yangi maʼlumotlar zamonaviy texnologiyalar,
jumladan radiokarbon tahlillari va boshqa fanlararo yondashuvlar yordamida toʻliq oʻrganilmagan. Tadqiqot
ishiga tortilgan sopol idishlar Fargʻona vodiysining Pop, Munchoqtepa, Temirqasmoqtepa kabi yodgorliklarida
aniqlangan boʻlib, ular Oʻzbekistonning ilk oʻrta asrlar davridagi turli madaniyatlari oʻrtasidagi aloqalarni
koʻrsatib beradi. Bu yodgorliklardan topilgan idishlar asosan sharshimon va oval shakllar bilan ajralib turadi,
baʼzilarida joʻmrak qismlari ham mavjud boʻlib, sopol idishlarning shakli va bezaklari Fargʻona vodiysining
Sugʻd, Baqtriya, Choch va Yettisuv kabi hududlar oʻrtasidagi aloqalarini koʻrsatadi.
Ushbu topilmalar Fargʻona vodiysining ilk oʻrta asrlardagi madaniyati haqida muhim maʼlumotlarni taqdim
etib, hududning boy arxeologik merosini oʻrganish imkonini beradi. Arxeologik tadqiqotlarni davom ettirish
va yangi texnologiyalarni jalb qilish orqali mazkur yodgorliklar haqida yanada chuqurroq maʼlumotlarni, yangi
bilimlarni olish mumkin.

Mualliflar haqida

Qanday qilib iqtibos keltirish mumkin

Raxmanov, Z., & Najmiddinov, A. (2026). QADIMGI POP YODGORLIGI TOPILMALARI MISOLIDA FARGʻONA VODIYSINING AYRIM TURDAGI SOPOL IDISHLARI. Oʻzbekiston Arxeologiyasi, 2(31), 78–87. https://doi.org/10.71414/2181-032X-2024-2-31-78-87
Ko'rishlar soni: 0